Tsement sanoati vakillarini birlashtirgan xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Jamiyat 18:31 / 04.11.2019 1491

Bugun poytaxtimizdagi International «Hotel Tashkent» mehmonxonasida «Tsement sanoati va bozori» XVII xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi. Konferensiyaning dastlabki kuni «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruvi raisi Botir Zaripov, Rossiya Federatsiyasining «Biznes tsem» kompaniyasi rahbari Yevgeniy Valukov va boshqalar so‘zga chiqib, qurilish sanoati, xususan, mamlakatimizda sement sanoatini rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarni jalb qilish mavjud imkoniyatlar kengaytirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Tadbirda xalqaro kompaniya vakillarining hozirgi kundagi sementga bo‘lgan jahon talabi, sohadagi yangiliklar, innovatsion texnologiyalar va yangi turdagi mahsulotlar haqida ma'ruzalar tinglandi. Shuningdek, konferensiya davomida sement sanoati uchun dunyoga mashhur yirik uskuna va texnika ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat mahalliy ishlab chiqaruvchilar, balki 10 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari o‘z mahsulot va xizmatlari bilan ishtirok etishdi.

E'tiborlisi, xalqaro anjumanda bir qator yo‘nalishlar va dolzarb mavzularda ilmiy ma'ruzalar, taqdimotlar ham o‘tkazildi. Ma'lumki, «Tsement sanoati va bozori» XVII Markaziy Osiyo xalqaro konferensiyasi yurtimizda 8 marotaba o‘tkazilishi. «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi va Rossiya Federatsiyasining «Biznes tsem» kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan joriy anjumanda 16 davlatdan 80 dan ortiq sement sanoat sanoati mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, yirik kompaniya vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Jahon sement assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya), Rossiya federatsiyasining sement uyushmasi, Moskva materialshunoslik va samarali texnologiyalar instituti va Rossiya, Germaniya, Turkiya, Qozog‘iston, Italiya, Shveytsariya, Avstraliya, Hindiston kabi davlatlarning yetakchi kompaniya va firmalari vakillari yurtimizga tashrif buyurishgan.

«Tsement sanoati va bozori» XVII xalqaro konferensiyasi 6 noyabrga qadar davom etadi.

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi
Matbuot xizmat

Ko‘proq yangiliklar: