3-4 noyabr kunlari GRP ishlari nihoyasiga yetgach, Shimoliy Girsan va Bo‘zaxo‘r konlaridagi to‘rtta quduqdan olinayotgan tabiiy gazning kunlik umumiy debiti 340 ming kub.m. gacha bo‘lgan hajmda ortdi.
Bugun Janubiy Tandircha va Tarnasoy konlaridagi ikkita quduqda ham GRP o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Tegishli ishlar yakuniga yetgach, quduqlar yon-atrofida tuproqni tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Kompaniya yo‘nalishdagi ishlar borasida jamoatchilikni xabardor etib boradi.
Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati