Bektemir tumani umumta'lim maktablarida “5 ta tashabbus - 5 ta imkoniyat karvoni” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi

Jamiyat 15:08 / 04.11.2019 1633

 

2 noyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanining umumta'lim maktablarida “5 ta tashabbus-5 ta imkoniyat karvoni” shiori ostida tadbirlar tashkillashtirildi. Ushbu tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida ta'lim muassasalarida yosh avlodni adabiyot, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot-texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda ularga kasb-hunar sirlarini o‘rgatish va iqtidorli o‘quvchi yoshlarni aniqlash maqsadida o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimligidan yo‘lga chiqqan maxsus avtomobillar karvoni Bektemir tumaniga yetib keldi va tumandagi 293-sonli umumta'lim maktabida o‘z safarini yakunladi. 5 tashabbus karvoni har bir maktab o‘quvchi-yoshlari tomonidan bayramona kutib olindi.

Tashrif buyurganlarga o‘quvchi yoshlar o‘zlarining adabiyot, san'at, sport sohasidagi iqtidorlarini namoyish etishdi. Tadbir Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar va Bektemir tumani prokuraturasi, Bektemir tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimlari hamda 293-sonli maktab pedagoglari hamkorligida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 

Tadbirlarda homiylar tomonidan tumandagi o‘quvchi yoshlar foydalanishlari uchun 432 nomdagi 2160 ta badiiy kitoblar, 5 ta tikuv mashinasi, 4 turdagi 12 dona musiqa cholg‘u asboblari taqdim etildi.

Ko‘proq yangiliklar: