Pixel 4 va Pixel 4 XL
Google’ning yangi flagmanlari Pixel 4 va Pixel 4 XL ichki tarafi, qolaversa, dizayn jihatidan bir-biriga juda o‘xshash, ammo ularning hajmi turlicha. Smartfonlar orqa panelidagi qo‘sh kamera, ko‘rinib turganidek, iPhone’ga taqlid qilgan holatda qavariq kvadrat ramka ichiga joylashtirilgan.
Pixel 4 o‘z egasini yuz qiyofasidan tanib olishi mumkin, ammo Google barmoq izi skaneridan voz kechishga qaror qilgan. Smartfonning eng qiziqarli imkoniyati shundaki, unda ishoralarni Soli sensori datchiklari orqali tanib olish xususiyati mavjud. Foydalanuvchi ekran oldida qo‘l uzatmalarini amalga oshirish orqali musiqalarni o‘zgartirish, budilnikni to‘xtatish yoki kirish qo‘ng‘iroqlari signalini o‘chirish imkoniga ega. Va albatta Pixel 4 korpusning yon tomonga o‘rnatilgan tugmacha bosilganda Google Assistant’ni ishga tushirish qobiliyatiga ega.
Texnik tavsifi
Displey: POLED, 5,7 dyuym, 2 280 × 1 080 piksel Pixel 4’da; POLED, 6,3 dyuym, 3 040 × 1 440 piksel Pixel 4 XL’da.
Protsessor: Snapdragon 855.
Kamera: asosiy — 12,2 Mp (bosh) + 16 Mp (teleobektiv); frontal — 8 Mp + ToF 3D‑modul.
Xotira: 6 GB tezkor, 64/128 GB ichki.
Akkumulyator: 2 800 mA·s.
Operatsion tizim: Android 10.
Pixel 4 uch xil rangda taqdim etilgan: qora, oq va apelsin tusida. Pixel 4’ning 64 GB’li kichik modeli 799 AQSh dollari, katta 64 GB’li varianti 899 AQSh dollari narxida belgilangan.
Honor 20 Lite
Huawei kompaniyasining ushbu smartfoni yoshlikni yodga soladi. Unda olib qo‘yiluvchi orqa panel, ekran osti barmoq izi skaneri va tomchi ko‘rinishidagi selfi-kamera mavjud.
Honor 20 Lite o‘z egasini yuzidan taniydi va ekran oldida 2 kishi turganda ham uni aniqlay oladi. Bundan tashqari, gadjet GPU Turbo 3.0 o‘yin rejasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yana bir yoqimli jihati shundaki, smartfon o‘zida 3,5 millimetr o‘lchamdagi quloqchin uchun tirqishni saqlab qolgan.
Texnik tavsifi
Displey: LTPS IPS LCD, 6,21 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 710.
Kamera: asosiy — 24 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 32 Mp.
Xotira: 4 GB tezkor, 128 GB ichki, 256 GB'gacha hajmdagi microSD karta uchun qo‘shma o‘rin.
Akkumulyator: 3 400 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (EMUI 9).
Huawei Nova 5z
Huawei Nova 5 modellari qatorini to‘ldiruvchi o‘rta sinf uskunasi. Gadjet uchun juda arzon narx belgilangan, ammo ekranning chap tomonida zamonaviy yumaloq kesim ostidagi frontal kamera, to‘rt modulli asosiy kamera va Kirin 810 protsessori bilan jihozlangan.
Smartfonning chetlari yumaloqlangan orqa kamerasi to‘rtburchak kamera bilan o‘ralgan. Uning ostida barmoq izi skaneri bor. Gadjet tez quvvatlanish funksiyasiga ega, bu sizga batareyani yarim soat ichida to‘ldirishga imkon beradi. Balki, Huawei Nova 5z’ning Yevropa versiyasida NFC‑moduli ham paydo bo‘lar.
Texnik tavsifi
Displey: LTPS IPS LCD, 6,26 dyuym, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Kirin 810.
Kamera: asosiy — 48 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (makroobektiv) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 32 Mp.
Xotira: 6 GB tezkor, 64/128 GB ichki, 256 GB’gacha hajmdagi microSD karta uchun qo‘shma o‘rin.
Akkumulyator: 4 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (EMUI 9.1).
Smartfon bahosi 1 599 yuandan boshlanadi (taxminan 230 AQSh dollari). Huawei Nova 5z uch xil ko‘rinishda sotuvda bo‘ladi: qora, ko‘k va yashil.
Meizu 16T
Mobil o‘yin ishqibozlari uchun Meizu’dan kuchli protsessor va katta ekranga ega hamyonbop smartfon. Dizayni kompaniyaning boshqa smartfonlari ruhida cheklangan va sodda bo‘lib, yuqori va pastki ramkalari ingichka, ortqcha kesmalar yo‘q.
16T o‘z egasini yuzidan tanishi mumkin, ekran ostida barmoq izi skaneri ham bor. Gadjetda stereodinamika, kuchli vibromotor va quloqchinlar uchun 3,5 millimetrli audio-tirqish bor.
Texnik tavsifi
Displey: Super AMOLED, 6,5 dyuym, 2 232 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 855.
Kamera: asosiy — 12 Mp (bosh) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 5 Mp (chuqurlik o‘lchovi); frontal — 16 Mp.
Xotira: 6/8 GB tezkor, 128/256 GB ichki.
Akkumulyator: 4 500 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (Flyme 8).
Meizu 16T’ning narxi 1 999 yuandan (taxminan 285 AQSh dollari) boshlanadi. Bu kuchli smartfonga egalik qilishni istamagan, shu bilan birga ko‘p pul sarflash fikridan yiroq bo‘lganlar e'tiborini tortishi aniq.
Xiaomi Redmi 8
Xiaomi’dan yangi budjet turiga kiruvchi smartfon avvalroq taqdim etilgan Redmi 8A modeliga o‘xshash qilib ishlangan. U so‘nggisidan qo‘shma kamerasi, bir muncha kattaroq xotirasi va orqa panelda barmoq izi skaneri mavjudligi bilan farq qiladi.
Uskuna displeyi Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan, selfi‑kamera tomchi ko‘rinishidagi kesimga joylashtirilgan. Korpus tomchilardan himoya qiluvchi P2i qoplamasiga ega. 5 000 mA·s hajmli akkumulyator bilan birgalikda kam quvvatli ammo energiya tejovchi protsessor yaxshigina samaradorlikni taqdim eta oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish imkoniyatini bera oladigan telefon istagida bo‘lganlar uchun qulay, ammo o‘yin ishqibozlariga bu smartfon to‘g‘ri kelmaydi.
Texnik tavsifi
Displey: IPS LCD, 6,22 dyuym, 1 520 × 720 piksel.
Protsessor: Snapdragon 439.
Kamera: asosiy — 12 Mp (bosh) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 8 Mp.
Xotira: 3/4 GB tezkor, 32/64 GB ichki, 512 GB’gacha hajmdagi microSD karta uchun tirqish mavjud.
Akkumulyator: 5 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (MIUI 9).
Realme X2 Pro
Bugungi kunda ushbu smartfon Snapdragon 855+ va chastotasi 90 Gs yangilangan OLED‑displeyli eng arzon flagmandir. Uning ekrani HDR10+ standartini qo‘llab-quvvatlaydi va Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan, barmoq izi skaneri shundoq ekran ostiga joylashtirilgan, selfi‑kamera esa tomchi ko‘rinishidagi kesimga o‘rnatilgan.
Gadjet 35 daqiqa ichida 100 foiz quvvat oladigan batareya, quloqchin uchun tirqish va NFC‑modulga ega. Smartfon kamerasi 4K video oladi va soniyasiyaga 960 kadr oladigan chastotali slow‑motion’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Texnik tavsifi
Displey: Super AMOLED, 6,5 dyuym, 2 400 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 855+.
Kamera: asosiy — 64 Mp (bosh) + 13 Mp (teleobektiv) + 8 Mp (ultra keng burchakli) + 2 Mp (chuqurlik datchigi); frontal — 16 Mp.
Xotira: 6/8/12 GB tezkor, 64/128/256 GB ichki.
Akkumulyator: 4 000 mA·s.
Tizim: Android 9.0 Pie (Android 10 (ColorOS 6.1)gacha yangilana oladi).
Realme X2 Pro’ning narxi bu turdagi uskuna uchun juda arzon bahoda — 2 699 yuandan (taxminan 383 AQSh dollaridan) boshlanadi. Taqqoslash uchun, o‘xshash xususiyatli OnePlus 7T flagmanidan ikki barobar arzon.