Fotogalereya: «Tokyo Motor Show 2019» – Kun.uz nigohida

Mercedes-Benz AMG/Foto: KUN.UZ
24 oktabr – 4 noyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokioda an'anaviy yirik avtoko‘rgazma namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.
46-marotaba o‘tkazilayotgan «Tokyo Motor Show»da yapon avtoishlabchiqaruvchilari dunyo bozoriga keyingi yillarda qaysi yangi modellarni yetkazib berishi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
Ko‘rgazmada mahalliy kompaniyalardan tashqari xorij brendlari ham o‘z yangi modellarini taqdim etishgan. Albatta, bu yilgi ko‘rgazma Volkswagen va Ferrari kabilarning ishtirokisiz o‘tayotganini ham ta'kidlash o‘rinli.
Shunday bo‘lsa-da, BMW, Mercedes-Benz, Tesla, Aston Martin, Nissan, Toyota, Suzuki, Honda, Mitsubishi, Renault, Mazda, Isuzu, Yamaha, Kawasaki kabi kompaniyalarning yangi rusumdagi yengil, yo‘lovchi va tijorat avtomobillari, elektromobillar, mototsikllar, avto ehtiyot qismlar va sohaga oid yangi xizmatlari ko‘rgazmaga keluvchilarni befarq qoldirmayapti.
Pavilonga kirish narxi – 18 dollar atrofida. Ayni paytda xizmat safari bilan Yaponiyada bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri ko‘rgazmadan fotosuratlarni taqdim etdi.







































Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

10:54 / 09.12.2024
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish va ishlaydigan onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

10:41 / 21.06.2024