O‘zbekistonda kripto-birja savdolarni amalga oshirish qoidalari e'lon qilindi

Iqtisodiyot 11:06 / 30.10.2019 6058

O‘zbekistonda kripto-birja savdolarni amalga oshirish qoidalari e'lon qilindi. Tegishli hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan.

Belgilab qo‘yilishicha:

kripto-aktivlar O‘zbekiston Respublikasida to‘lov vositasi yoki to‘lovni qabul qilish vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin emas;

kripto-birjalar o‘zlarini elektron savdo maydonchasi orqali O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan operatsiyalar amalga oshirishga yo‘l qo‘ymasligi lozim, ularning mulkidagi kripto-aktivlarni sotish bo‘yicha bitimlar bundan mustasno;

kripto-birjalar o‘zlarini elektron savdo maydonchasi orqali operatsiyalar olib borishga savdolar ishtirokchilarga ularni majburiy identifikatsiya o‘tkazish mexanizmini amalga oshirilgandan so‘ng ruxsat berishga haqli;

kripto-birja bitimlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni xorijiy valutada o‘tkazishga kripto-birjalarni kripto-birja bitimlarini elektron tizimida bo‘lgan kripto-birjada amalga oshirilgan kripto-birja bitimlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar asos bo‘ladi.

Kripto-birja qo‘yidagilarga majbur:

pul mablag‘larining (shaxsiy pul mablag‘lari va mijozlarning mablag‘lari kripto-birjani turli bank hisob-raqamlarida joylashtiriladi), kripto-birjaning hamda mijozlarning kripto-birjadagi kripto-aktiv va tokenlari (kriptohamyonlarning turli manzillarida (identifaktorlarda) saqlanishi) alohida hisobi va saqlanishini ta'minlash. Ikki va undan ortiq mijozlarning pul, kripto-aktiv va tokenlarini qo‘shma hisobini olib borish taqiqlanadi;

aloqa vositalari yordamida mijozlar bilan olib borilayotgan muzokaralarni audioyozuv (videoyozuv)ini olib borish (mijozlari oldindan majburiy xabardor qilgan holda), mijozlar bilan yozishmalar, audioyozuv (videoyozuv)lar amalga oshirilgan (paydo bo‘lgan) sanadan besh yildan kam bo‘lmagan davrdagi barcha yozishmalar hamda audioyozuv (videoyozuv)larni saqlash;

har kun yakunlari bo‘yicha mijozlar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar) haqida barcha ma'lumotlarni zaxirali nusxalashni amalga oshirish;

ushbu Qoidalari talablariga asosan mijozlarning kripto-aktiv va tokenlarni xorijiy valutaga sotib olish va (yoki) sotish yoki bir turdagi kripto-aktiv va tokenlarni boshqa turdagi kripto-aktiv va tokenlarga almashtirish haqidagi buyurtmalarni, imkoni mavjud bo‘lganda, ijrosini ta'minlash (shu jumladan, kripto-birja elektron maydonchasida qarama-qarshi buyurtmalar mavjud bo‘lganda);

kripto-birja ishchilari va ular tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bevosita kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan shaxslar tomonidan ushbu Qoidalar, kripto-birja faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini va uning lokal hujjatlarini bilishini ta'minlovchi choralarni ko‘rish;

mijozlar tomonidan kripto-birjaga kripto-birjadagi pul, kripto-aktiv va tokenlarni qaytarish (o‘tkazish) haqidagi ko‘rsatmalarni hamda kerak bo‘lganda mijozlarning boshqa ko‘rsatma va harakatlarini tasdiqlanishini amalga oshirishini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan boshqa talablarni bajarish.

Kripto-birja qonun hujjatlari va (yoki) ushbu Qoidalarni buzilishini aniqlash maqsadida kripto-aktiv va tokenlar bilan bitmlar ustidan ham nazoratini amalga oshirish majbur. Kripto-birja tomonidan shu turdagi buzilishlar aniqlanganda ularni to‘xtatish hamda kelgusida qaytarmaslikka choralarni ko‘rishi lozim.

Kripto-birja tomonidan aniqlangan qonun hujjatlari va (yoki) ushbu Qoidalar buzilishning har bir holati yuzasidan ma'lumot (shu jumladan, mazkur holat bo‘lganligini tasdiqlovchi) ko‘rsatilgan holat aniqlangan sanadan besh yil davomida saqlanishi lozim. Qonun hujjatlari bilan boshqa muddat belgilanmagan taqdirda, kripto-birja vakolatli organ yoki boshqa manfaatdor davlat organlardan so‘rovnoma kelib tushgan sanasidan besh ish kuni kechikmagan holda vakolatli organ yoki tegishli manfaatdor organga aytib o‘tilgan holatlar haqidagi ma'lumotni ma'lum qilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq jinoyat alomatlari ko‘rsatuvchi ma'lumotlar aniqlangan taqdirda kripto-birja darhol vakolatli organ va huquqni muhofaza qiluvchi organga yozma ravishda xabar berishi majbur.

Jismoniy va yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, kripto-birjada faqat o‘z mulkida bo‘lgan kripto-aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga sotishga doir bitimlarni tuzishga haqli.

Amalga oshirilayotgan bitim (operatsiya)larni to‘liq anonimlashtirish prinsiplariga asoslangan kripto-aktivlar turlari bilan kripto-birjada operatsiyalar amalga oshirish taqiqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: