Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati g‘oliblari aniqlandi. Sanjar Tursunov finalga yetib kelolmadi

Sport 11:30 / 30.10.2019 31842

29 oktabr kuni Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetdi.

23 oktabr kuni boshlangan turnirda mamlakatning eng kuchli bokschilari saralandi. Yarim final va final bellashuvlarida sensatsion natijalar qayd etildi. O‘zbekiston terma jamoalari a'zolari Jasurbek Latipov (u oilaviy sabab tufayli turnirni davom ettira olmadi) va Mahmud G‘oipov (u Ulug‘bek Haqberdiyevni yenggan bo‘lsada, raqib murabbiylari e'tirozidan keyin video qayta ko‘rib chiqilib, G‘oipovga texnik mag‘lubiyat yozildi) chorak finaldayoq turnirni tark etishdi.

Sanjar Tursunov yarimfinalda Jamshidjon Abdullayevga yutqazib qo‘ydi.

Finalda esa terma jamoaning yana bir a'zosi Fanat Qahramonov Odiljon Aslonovga yengildi.

Tashkilotchilar bu yildan e'tiboran musobaqaning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiyev sovrinini ta'sis etishgan edi. Ilk bor bunday sovringa mazkur chempionatda -60 kilogramm vazn toifasida tengsiz bo‘lgan Abdumalik Xalakov sazovor bo‘ldi.

Hal qiluvchi bellashuvlarda qayd etilgan natijalar:

-49 kg: Abrorbek Abdusalomov (Andijon) – Umarqul Ermatov (Jizzax)
-52 kg: Mironshoh Ibragimov (Buxoro) – Foziljon Abdumurodov (Jizzax)      -/+
-56 kg: Fazliddin Kattaqulov (Surxondaryo) – Oybek Jo‘rayev (Toshkent viloyati)      2:3
-60 kg: Abdumalik Xalakov (Toshkent viloyati) – Sardor Muzaffarov (Toshkent viloyati)      5:0
-64 kg: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati) – Mujibillo Tursunov (Andijon)      +/-
-69 kg: Fazliddin Meliboyev (Farg‘ona) – Jahongir Rahmonov («Dinamo»)     0:4
-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand) – Odiljon Aslonov (Buxoro)     2:3
-81 kg: Shohruxbek Rustamov (Farg‘ona) – Shuhrat Abdullayev («Dinamo»)     1:4
-91 kg: Jamshidjon Abdullayev (Farg‘ona) – Mirzohid Abdullayev («Dinamo»)     3:2
+91 kg: Lazizbek Mullajonov (Farg‘ona) – Ulug‘bek Mubinov (Buxoro)     1:4

Jamshidjon Abdullayev va Mirzohid Abdullayev / O‘zbekiston boks federatsiyasi
Ulug‘bek Mubinov va Lazizbek Mullajonov / O‘zbekiston boks federatsiyasi
-64 kg vazn toifasi sovrindorlari
-91 kg vazn toifasi sovrindorlari
Abdumalik Xalakov va Boks federatsiyasi prezidenti Saken Pulatov

Boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi 2019 yilgi O‘zbekiston chempionatining barcha g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati: 

-49 kg: 
1-o‘rin: Umarqul Ermatov (Jizzax)
2-o‘rin: Abrorbek Abdusalomov (Andijon)
3-o‘rin: Zarshed Jalilov (Samarqand)
3-o‘rin: Ma'murjon Eshquvvatov (Toshkent viloyati)

-52 kg: 
1-o‘rin: Foziljon Abduromurodov (Jizzax)
2-o‘rin: Mironshoh Ibragimov (Buxoro)
3-o‘rin: Shahbozbek Tolibjonov (Andijon)
3-o‘rin: Doston Xojayev (Toshkent viloyati)

-56 kg: 
1-o‘rin: Oybek Jo‘rayev (Toshkent viloyati)
2-o‘rin: Fazliddin Kattaqulov (Surxondaryo)
3-o‘rin: Samandar Xolmurodov (Jizzax)
3-o‘rin: Hasanboy Latiboxunov (Samarqand)

-60 kg: 
1-o‘rin: Abdumalik Xalakov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin: Sardor Muzaffarov (Toshkent viloyati)
3-o‘rin: Jonpo‘lat Yermaxanov (O‘zDJTSU)
3-o‘rin: Murodjon Aliyev (Samarqand)

-64 kg: 
1-o‘rin: Elnur Abduraimov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin: Mujibillo Tursunov (Andijon)
3-o‘rin: Sulaymon Latipov (Buxoro)
3-o‘rin: Otabek Xolmatov (Toshkent)

-69 kg: 
1-o‘rin: Jahongir Rahmonov (Toshkent viloyati)
2-o‘rin: Fazliddin Meliboyev (Farg‘ona)
3-o‘rin: Jahongir Yuldoshev (Xorazm)
3-o‘rin: Bekzodbek Tursunboyev (Toshkent viloyati)

-75 kg: 
1-o‘rin: Odiljon Aslonov (Buxoro)
2-o‘rin: Fanat Qahramonov (Samarqand)
3-o‘rin: Ulug‘bek Haqberdiyev (Toshkent)
3-o‘rin: Abu Nuranov (Toshkent)

-81 kg: 
1-o‘rin: Shuhrat Abdullayev ("Dinamo")
2-o‘rin: Shohruxbek Rustamov (Farg‘ona)
3-o‘rin: Shahzod Mauzerov (Surxondaryo)
3-o‘rin: Mardon Kamolov (Xorazm)

-91 kg: 
1-o‘rin: Jamshidjon Abdullayev (Farg‘ona)
2-o‘rin: Mirzohid Abdullayev ("Dinamo")
3-o‘rin: Sanjar Tursunov (Toshkent viloyati)
3-o‘rin: Sardor Yormuhammedov (Buxoro)

+91 kg: 
1-o‘rin: Ulug‘bek Mubinov (Buxoro)
2-o‘rin: Lazizbek Mullajonov (Farg‘ona)
3-o‘rin: Jamshid Xudoybergenov (Xorazm)
3-o‘rin: Saidazimxon Madaminov ("Dinamo")

Ko‘proq yangiliklar: