«ERIELL Group»: yuksak malakamiz O‘zbekiston ravnaqi uchun xizmat qiladi

Iqtisodiyot 15:19 / 28.10.2019 7087

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan «Chungar» konidagi 21-quduqdan kuniga  50 ming m³ tabiiy gaz oqimi qayd etildi. Bu joriy yilning 24 oktabr kuni «O‘zbekneftgaz» va «ERIELL Group» mutaxassislarining hamkorlikda qatlamni gidravlik parchalash bo‘yicha olib borgan sa'y-harakatlari natijasidir.

Shunisi e'tiborga loyiqki, ushbu quduqning debit ko‘rsatkichi nolga tushib qolgan, natijada bu yerda qazib olish ishlari to‘xtatilgan edi.

Bundan tashqari, «Sho‘rtan» konidagi tabiiy gaz oqimi kuniga 92 ming m³ gacha ko‘payishi qayd etilgan 312-quduqda, oqim 93 ming m³, 114,5 ming m³, 124,4 ming m³ gacha ko‘paygan 305, 315 va 314-quduqlarda, shuningdek, «Tayloq» konidagi tabiiy gaz oqimi mos ravishda kuniga 100 ming m³ hamda 170 ming m³ gacha ko‘payishi qayd etilgan 24, 25-quduqlarda qatlamni gidravlik parchalash bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirildi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: