“Biz barmoq izlarini tanishdagi muammolar sababli mijozlarimizga yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Biz smartfonlarda [Galaxy S10 va Note 10 qatori] yuzaga kelgan xatoni to‘g‘rilash uchun dasturiy ta'minotni yangilashni boshladik”, deyilgan kompaniya bayonotida.
O‘tgan hafta kompaniya smartfonlar egalariga qurilmalar ekranlari uchun himoya qoplamalarini qo‘llamaslikni va yangi dastur chiqquncha xotiradan barmoq izlarini o‘chirishni so‘ragan.
Avvalroq The Verge internet-portalida ekranlar uchun gelli negizdagi himoya qoplamalarini qo‘llash smartfonni barmoq izi bilan blokdan chiqarish sensori ishini izdan chiqarishi mumkinligi haqida ma'lumot paydo bo‘lgan. Ushbu muammo smartfonning xavfsizlik tizimidagi kamchilik bo‘lib, smartfonlar ekranlari nosozlik sababli istalgan odam barmog‘i yordamida ochilishi mumkin.