Toshkentda ShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 19:06 / 23.10.2019 4344

Tadbirga Shanxay hamkorlik tashkiloti huzuridagi kuzatuvchi davlatlar hukumatlari rahbarlari ham taklif etilgan

1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Vladimir Norov ma'lum qildi.

"1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston poytaxtida ShHTga a'zo barcha davlatlar bosh vazirlari jam bo‘lishi kutilmoqda", - dedi u.

Norovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirga kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mongoliya va Eron hukumatlari rahbarlari, xalqaro hamkor tashkilotlar rahbarlari ham taklif etilgan. 

"ShHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengashi yig‘ilishi ShHT davlatlarining o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish, iqtisodiy o‘sish sur'atini jadallashtirish, transport va energetika, sanoat sohalaridagi aloqalarni kengaytirish imkonini beradi", - deb hisoblaydi Vladimir Norov.

Ko‘proq yangiliklar: