So‘mning chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi

O‘zbekiston 14:30 / 23.10.2019 10161

O‘zbekiston valutasining chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi. Bu haqda “Valutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda aytilgan. Hujjat matni “Xalq so‘zi” gazetasining chorshanba kungi 219-sonida e'lon qilindi.

Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

valutani tartibga solish hamda valutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;

valutani tartibga solish va valutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;

rezidentlar va norezidentlarning valuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valutani tartibga soluvchi davlat organidir.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valutasini sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarda valuta kursi chet el valutasiga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, shartnomaviy asosda belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi valutasining chet el valutasiga nisbatan kursini aniqlashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalaniladi.

Markaziy bank chet el valutasini sotib olish va sotish tartibini belgilashda chet el valutasiga bo‘lgan talab va taklif asosida valuta kursini aniqlash uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadi.

Markaziy bank valuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik hisobotlar va boshqa hisobotlar maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun valuta kursini muntazam ravishda belgilab boradi.

Ko‘proq yangiliklar: