Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada yuk mashinasidan 39 kishining jasadi topildi
Angliyaning Esseks grafligi hududida ichida 39 kishining jasadi bo‘lgan yuk mashinasi topildi. Avtomobil Angliya sharqidagi Greys shaharchasida joylashgan sanoat hududidan topilgan.

Foto: Sky News
Politsiya tun yarmida voqea joyiga kelgan. Xabar qilinishicha, fura haydovchisi - 25 yoshli irlandiyalik qotillikda gumonlanib qo‘lga olingan.
Mashina yukxonasida bo‘lganlarning 38 nafari katta yoshlilar va bir nafari o‘smir yoshida bo‘lgan. Mahalliy politsiya departamenti zobiti Endryu Mariner halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun ko‘p vaqt ketishi mumkinligini aytgan.
Ma'lum bo‘lishicha, fura Bolgariyadan kelgan va yakshanba kuni Buyuk Britaniya hududiga kirgan.
«Biz qotillikka aloqadorlikda gumon qilib haydovchini hibsga oldik, tekshiruv ishlari davom etmoqda», degan Mariner.
Esseks grafligi politsiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Pipp Millsning so‘zlariga ko‘ra, soat tungi 1:40 atrofida ushbu fura oldiga tez yordam mashinasi kelgan. Hozircha tibbiyot xodimlarini voqea joyiga kim chaqirgani ma'lum emas.
«Bizningcha, fura Bolgariyadan Holihed porti orqali (Angliya shimoli-g‘arbidagi port) 19 oktabr kuni Birlashgan Qirollik hududiga kelgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borishdi, ammo ularning barchasi halok bo‘lgandi. Ulardan biri o‘smir yoshda bo‘lgan», - deydi Mills.
Fura topilgan hudud politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan.
Ehtimoliy talqin
«Odam savdosi - qabih va xavfli biznes», deya yozgan Esseksdagi Tarrok hududidan parlament a'zosi bo‘lgan Jyek Doyl-Prays, u qotillar tez orada topilishi va sud qarshisiga keltirilishiga umid qilishini bildirgan.
Politsiya hozircha voqeaning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.
Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Priti Patel fojiali hodisadan shokka tushgani haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Avstriyada ichida 71 kishining jasadi bo‘lgan avtofurgon topilgandi. Yukxonadagilarning barchasi migrantlar bo‘lgan, ular furgonda havo yetishmay bo‘g‘ilib jon berishgandi. Keyinroq Vengriyada Bolgariyaning uch fuqarosi va bir afg‘onistonlik qo‘lga olingan, ular odam savdosi bilan shug‘ullangan bolgar-vengr jinoiy guruhi vakillari ekani aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
Mavzuga oid

22:38 / 06.07.2025
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

10:11 / 06.07.2025
Toshkentda o‘ziga tanish ayolni Rossiyaga fohishalik uchun jo‘natayotgan shaxs to‘xtatildi

22:45 / 05.07.2025
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi

17:18 / 05.07.2025