Xorvatiya Shengen hududiga qabul qilinadi 

Jahon 21:08 / 22.10.2019 3721

2013 yilda Yevropa Ittifoqiga qabul qilingan Xorvatiya yaqinda Shengen hududining 23-a'zosiga aylanadi. Bu haqda Yevrokomissiya saytida ma'lum qilingan.

Yevrokomissiya 2016 yilda boshlangan baholash natijalari bo‘yicha Xorvatiyaning hududga qabul qilinishi bo‘yicha rasmiy tavsiya bergan. Ushbu qarorni Yevrokengash ma'qullashi kerak bo‘ladi. 

Ta'kidlanishicha, Xorvatiya zarur shartlarni bajarishda “yaxshi bormoqda”, biroq u tashqi chegaralarni boshqarish bo‘yicha hali katta ish qilishi lozim.   

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Xorvatiyaga “sa'y-harakatlari va qat'iyatligi” uchun minnatdorlik bildirgan hamda Shengen hududi integratsiya jarayonlari evazigagina kuchliroq bo‘lishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan. 

Ko‘proq yangiliklar: