Uzbekistan Airports'ga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston 22:17 / 22.10.2019 32701

Ravshan Ismoilov bungacha «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ tizimida ishlab kelgan. Xususan, ma’lum vaqt kompaniyaning Kaliningraddagi vakolatxonasini boshqargan.

11 oktabr kuni Uzbekistan Airports aksiyalarini chiqargani haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yangi kompaniya avgust oyi oxirida 781,9 mingta qimmatli qog‘oz chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Bir dona aksiyaning nominal qiymati 100 so‘m deb belgilangan. Yopiq holatda chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy narxi – 78,2 mlrd so‘mga yaqin.

Shu kunlarda esa Behzod Yusupov AJ boshqaruv raisining aviatsiya xavfsizligi va rejim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallagani, kompaniya taftish komissiyasi a’zolari tayinlangani, korporativ hujjatlar tasdiqlangani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» negizida bir qator kompaniyalar tashkil etilishiga oid prezident farmoni 2018 yil kuzida qabul qilingandi. Farmonga asosan yangi tashkil qilingan «Uzbekistan Airways» AJga 2018 yildan buyon Baxtiyor Hakimov rahbarlik qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: