Onlayn auksionda 3,8 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekiston 07:57 / 22.10.2019 6807

2019 yilning 14-20 oktyabrlarida “O‘zRTXB” AJda 916,3 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, bu avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 13,5 %ga yuqori. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'yektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 27 %ga o‘sib, 439,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Birja savdolarining hajmi 721,1 mlrd so‘mdan 807,2 mlrd so‘mga oshdi. Valuta savdo maydonchasi orqali deyarli 1,3 mln AQSh dollarga teng tovarlar sotildi. Eksportning tarkibida polimer mahsulotlarning ulushi 85 %, paxta tolasining ulushi 9 % va motor moyining ulushi 6 %ni tashkil etdi.

Ko‘rgazma-yarmarka savdolarning haftalik hajmi 25,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes sub'yektlari tomonidan amalga oshirilgan xaridlar 3,3 mlrd so‘mni yoki tuzilgan bitimlarning 13 %ni egalladi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 784 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,8 mlrd so‘mni tashkil qildi. Savdolar natijasida bitimlarning 18,9 % birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 48,9 % ikkinchi va 32,3 % uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Ko‘proq yangiliklar: