Norozi fermerlar Berlin markazini traktorlar bilan to‘sib qo‘yishdi

Foto: dpa
Fermerlar 200 ga yaqin traktor bilan Berlin markazini to‘sib olishdi.
Hukumatning yangi rejalariga qarshi chiqqan norozi fermerlar 200 ga yaqin traktor bilan Berlin markazini to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda Die Welt telekanali xabar berdi.
Traktorlar shahar markaziga Berlinning barcha taraflaridan kirib keldi.
Berliner Morgenpost gazetasining xabar berishicha, shahar markazida 600dan ortiq politsiya xodimi navbatchilik qilmoqda. Fermerlar hukumatning yangi agrar paketidan norozi bo‘lmoqda. Ularning fikricha, rejalashtirilayotgan choralar dehqonlar uchun yangi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bonn, Vyursburg, Myunxen, Bayroyt, Shtuttgart, Frayburg, Magdeburg va Gannover shaharlarida ham fermerlarning norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025