NATO delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston 17:20 / 22.10.2019 4414

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) mutaxassislarining "ShAShT haqida umumiy ma'lumot" mavzusidagi o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Delegatsiya rahbari Patrik Jyensson hamda NATO vakillari Karsen Klemm, Rebekka Xansen, Endryu Karter O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan mas'ul ofitserlar bilan fikr almashuvlar chog‘ida Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotining tarixi, maqsad-vazifalari, jahon miqyosida erishgan muhim natijalari, siyosiy pozitsiyasi hamda istiqboldagi sa'y-harakat platformasi ko‘lami xususida ma'lumotlar berishdi. 

Shuningdek, bugungi geosiyosiy vaziyatlarning qiyosiy tahlillari, dunyoning turli mintaqalarida kechayotgan qurolli to‘qnashuvlar, ularning kelib chiqish sabablari va bu borada NATOning olib borayotgan tinchlikparvarlik siyosati xususida kechgan mulohazalar ham diqqatga sazovor bo‘ldi.

Ushbu o‘quv-mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasida tahsil olayotgan ofitserlar kelgusi xizmatlari mobaynida ushbu dolzarb bilimlarga tayangan holda qo‘l ostidagi shaxsiy tarkibni har tomonlama odil, siyosiy hushyor holatda boshqarish ko‘nikmasining oshishiga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
 

Ko‘proq yangiliklar: