Germaniyada kurdlar va turklar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Jahon 16:05 / 22.10.2019 20504

Germaniyaning Xern shahrida turklar va kurdlar o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda 60ga yaqin kishi qatnashdi.

Politsiyaning ma'lumot berishicha, mushtlashuv shahardagi turk madaniy uyushmasi binosi yaqinida sodir bo‘lgan. Mushtlashuvda qatnashganlar to‘qmoq va kaltaklar, pichoqlar bilan qurollangan.

Bir kishi yengil jarohat bilan kasalxonaga olib ketilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya mushtlashuvni kuch bilan to‘xtatgan.

O‘tgan haftada Xerndagi tartibsizliklar chog‘ida besh kishi jarohatlangandi. Tartibsizlik uyushtirganlar turk kafesini vayron qilishgan.

Germaniyadagi kurdlar va turklar o‘rtasidagi munosabatlar Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShIDga qarshi operatsiya boshlanganini e'lon qilganidan so‘ng keskinlashib ketdi.

Ko‘proq yangiliklar: