Filippinda 500 tadan ko‘proq yangi orol aniqlandi

Jahon 09:01 / 22.10.2019 9278

Filippin milliy xaritashunoslik boshqarmasi mamlakat tarkibiga avval hisoblangandan 500 ta ko‘proq orol kirishi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar berdi. 

Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, Filippin orollari soni 7641 tani tashkil qiladi. Oxirgi marta orollar 1945 yilda sanab chiqilgan va o‘shanda ular soni 7107 tani tashkil qilgan. 

Yangi orollar topilgani ularni izlash bo‘yicha eng zamonaviy usul qo‘llangani bilan tushuntiriladi. Hozir orollar takomillashgan radiolokatsion usul yordamida o‘tkazildi.

Filippin hukumati bunday zamonaviy usullarni 2013 yildan qo‘llay boshlagan.

Ko‘proq yangiliklar: