Turkiya armiyasi Suriyaning Ras-al-Ayn shahrini jangsiz egalladi

Jahon 08:34 / 21.10.2019 16704

Turkiya armiyasi Suriyaning shimolidagi Ras-al-Ayn shahrini jangsiz egalladi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi. Ushbu shahar uchun janglar Anqaraning kurd tuzilmalariga qarshi amaliyotining ilk kunlaridanoq borgan.  

Turk qo‘shinlari shaharni kurd otryadlari tark etgandan keyin egallay oldi. Shahardan janub tomon 50 ga yaqin avtotransport, jumladan tez yordam mashinalari yo‘l olgan, ularda yaralanganlar tashilgan. 

Kurdlar shahardan Turkiya bilan ittifoqdosh Suriya muxolifati otryadlari nazoratidagi blokpostlar orqali chiqishgan.

Shu bilan parallel ravishda kurdlar nazoratidagi hududlarga Suriya hukumat armiyasi harakatlanmoqda. Fars nashrining xabar berishicha, Bashar Asad qo‘shinlari Hasaka viloyatidagi Yalda qo‘rg‘oniga yetib borishgan. Avval u yerda AQSh bazasi bo‘lgan. 

SANA axborot agentligining xabar berishicha, ayni vaqtda amerikalik harbiylar Hasakadagi yana bir bazasini shoshilinch evakuatsiya qilmoqda. U yerda harbiy samolyotlar va vertolyotlar joylashgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, amerikaliklar bazadagi barcha inshootlarni va uchish-qo‘nish yo‘lagini yo‘l qilmoqdalar.

18 oktyabrdan Suriyada AQSh va Turkiya o‘rtasida kelishilgan o‘t ochishni to‘xtatish tartibi amal qilmoqda. Kelishuvga ko‘ra, kurd otryadlari Suriya-Turkiya chegarasidan janub tomon ketishlari kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: