Pentagon rahbari kutilmaganda Saudiya Arabistoniga keldi
Mark Esper Saudiya Arabistoni rahbarlari hamda Amerika qo‘shinlari vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper e'lon qilinmagan tashrif bilan Saudiya Arabistoniga keldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Pentagon rahbari Saudiya Arabistoni yetakchilari hamda Amerika qo‘shinlari vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.
Esper avvalroq Afg‘onistonga tashrif buyurgandi.
Pentagon 11 oktyabrda AQSh Saudiya Arabistoniga qo‘shimcha 3 ming harbiy, ikkita Patriot zenit raketa majmuasi batareyasi va THAAD raketaga qarshi mudofaa majmuasini joylashtirishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:48 / 09.11.2020
Tramp Pentagon rahbarini iste'foga jo‘natdi

13:33 / 21.10.2020
Pentagon Rossiya va Xitoy bilan agressiv raqobat qilishga chaqirdi

10:54 / 13.08.2020
Tramp Pentagon rahbarining iste'fosini muhokama qilgani ma'lum qilindi

08:19 / 11.03.2020