O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik bahsini o‘tkazadi

Sport 13:13 / 21.10.2019 21364

O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyidagi JCh-2022 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

O‘FA xabariga ko‘ra, 9 noyabr kuni hamyurtlarimizga «Paxtakor» stadionida Qirg‘iziston milliy jamoasi raqib bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasida 14 noyabr kuni Saudiya Arabistoni, 19 noyabr kuni esa Falastin bilan o‘z maydonida bellashadi.

Qirg‘iziston milliy jamoasi ham JCh-2022 saralashining ikkala o‘yinini o‘z uyida, 14 noyabr kuni Yaponiyaga va 19 noyabr kuni Tojikistonga qarshi o‘tkazadi.

O‘rtoqlik o‘yini 
9 noyabr, «Paxtakor» stadioni 
17:00 O‘ZBeKISTON -  QIRG‘IZISTON

Ko‘proq yangiliklar: