O‘zbek tili bayrami kuni, dollar kursi tushishi, Avstraliyada senzuraga qarshi birlashgan nashrlar va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekiston 22:00 / 21.10.2019 8151

O‘ZBeKISTON XABARLARI

Yangi barpo etilgan muhtasham «Kongress-holl» saroyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tarixiy sanadan 30 yil o‘tib yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezident Sh.Mirziyoyev «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonni imzoladi. Unga binoan 21 oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.

 

·       Hukumat qarori: ichki ishlar xodimlarining turar joy-maishiy sharoitlari yaxshilanadi

·       Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

 

Yevroosiy iqtisodiy ittifoqi

YeOIIning maqsadi — iqtisodiy hamkorlik bo‘ladigan bo‘lsa va uning siyosiy va geosiyosiy maqsadlari bo‘lmasa, O‘zbekistonning erkin savdo hududiga qiziqishi inobatga olinishi va qondirilishi barcha taraflar uchun, hech qanday muammolarga yo‘l bermasdan, iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytirish imkonini beradi.

 

·       Siyosatshunos: O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishidagi 5 salbiy nuqta

·       Aktam Hayitov: «YeOIIni SSSRga qiyoslash to‘g‘ri emas»

 

Iqtisodiyot va moliya

 ·       Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3,4 mln so‘mni tashkil etdi

·       Dollarning rasmiy kursi tushdi

·       O‘zbekiston eksportining qariyb 30 foizini oltin tashkil qildi

·       O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi

 

Matbuot va OAV

·       Amaldorlarning asossiz kulgiga qolishi masalasida yechim taklif qilindi — AOKA mansabdorlar bildirgan fikrlar OAVda noto‘g‘ri talqin qilinishining oldini olish uchun ekspertlar guruhini tuzmoqchi

·       Axborot xizmati rahbarlarining ish samaradorligini baholash tartibi tasdiqlandi

 

Jamiyat

 ·       «2 mln so‘m oylik bersin, O‘zbekistondan chiqmayman!» — Turkiyadagi o‘zbek muhojiri hikoyasi

·       Xonadonlarda o‘rnatilgan hisoblagichlarni qiyoslashda byurokratik to‘siqlar mavjudligi tan olindi

·       Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibida o‘zgarish bo‘ladi

·       «Gaz yo‘qligini aytib o‘tirmaymiz». Paxtakorlar bilan bir kun

 

Dolzarb mavzular, tahliliy maqolalar

 ·       Til nega o‘ladi? Global tanazzuldan omon qolish mumkinmi? — Professor bilan suhbat

·       Qarshida kaltaklangan «Tez yordam» shifokorlari bilan bog‘liq voqeaning yangi tafsilotlari ma'lum qilindi

·       Ko‘chadimi, qoladimi? Andijon viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi vrachlarini qiynayotgan savol

 

JAHON XABARLARI

 ·       Kataloniya hukumati rahbari lavozimiga Xosep Gvardiola nomzodini ilgari surish rejalashtirilmoqda — OAV

·       Xitoy boylar soni bo‘yicha AQShdan o‘zib ketdi

·       Avstraliya gazetalari bosh sahifalari «senzuralangan» ko‘rinishda chiqdi. OAV bu orqali senzuraga qarshi birlashdi.

·       Nursulton Nazarboyevning vakolatlari kengaytirildi

·       Turkiya armiyasi Suriyaning Ras-al-Ayn shahrini jangsiz egalladi

 

SPORT XABARLARI

·       «Barselona» - «Real» o‘yinining yangi sanasi belgilandi. 26 oktyabrda o‘tkazilishi lozim bo‘lgan bu bahs Kataloniyadagi siyosiy norozilik namoyishlari tufayli boshqa muddatga qoldirilgan edi. Bu orada La Liganing yakunlangan navbatdagi turida «Real» bir kishi kam o‘ynab yengildi va «Barselona» 1-o‘rinda qoldi

·       O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida Toshkentda o‘rtoqlik bahsini o‘tkazadi  

·       Olga Zabelinskaya velotrekda yana Osiyo chempioni bo‘ldi

Ko‘proq yangiliklar: