Livanda vazirlar va deputatlarning maoshi 50 foizga kamaytiriladi

Jahon 20:57 / 21.10.2019 2413

Livan bosh vaziri Saad Xaririy mamlakatdagi moliyaviy inqirozni yechish uchun kompleks chora-tadbirlar va islohotlar o‘tkazilishini, jumladan, hozirgi va sobiq vazir hamda deputatlarning maoshlari 50 foizga kamaytirilishini ma'lum qildi.

U moliyaviy inqirozga qarshi kurashish bo‘yicha qator choralar ko‘rilishini aytdi. U shuningdek, 2020 yil uchun davlat budjeti 0,6 foiz defitsit bilan qabul qilinganini e'lon qildi.

"Hozirgi va sobiq vazir hamda deputatlarning maoshlari 50 foizga kamaytiriladi", - dedi u qanday choralar ko‘rilishini aytar ekan.

Xaririy shuningdek, kelasi yil uchun budjetda yangi soliqlar ko‘zda tutilmaganini ma'lum qildi. Bundan tashqari, hukumat qashshoq oilalarga nafaqa uchun qo‘shimcha 20 milliard livan lirasi miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Dushanba kuni butun mamlakatda ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar asosy yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi, barcha banklar, davlat muassasalari, maktablar, universitet va yirik savdo markazlari yopib qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: