Kanadada bosh vazir aniqlanuvchi parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi

Jahon 08:50 / 21.10.2019 2016

Kanadada 21 oktyabrda 43-parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Kanadaliklar saylovlarda yaqin 4 yil ichida ularning manfaatlarini parlamentning quyi palatasida kim bildirishini belgilashlari kerak bo‘ladi. G‘olib partiya yetakchisi Kanada bosh vaziri lavozimini egallaydi.

Kanada saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarga 21 ta partiya va mustaqil nomzodlar qo‘yilgan. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:30dan ochiladi. 

Quyi palatadagi 338 o‘rin uchun asosiy kurash mamlakatdagi eng ommaviy partiyalar: bosh vazir Jastin Tryudoning Liberal partiyasi, Konservativ partiya, Yangi demokratik partiya, “Yashil partiya”, “Kvebek bloki” va “Kanada xalq partiyasi” o‘rtasida kechadi.

Oxirgi ijtimoiy so‘rovnomalarga ko‘ra, hozirda saylovchilar orasida eng katta reytingga Konservativ partiya ega. U uchun aholining 31,5 foizi ovoz berishga tayyor. Keyingi o‘rinlarni liberallar (31 foiz) va Yangi demokratik partiya (18,8) egallamoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: