Hindiston O‘zbekistonga ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar kiritishi mumkin

O‘zbekiston 11:18 / 21.10.2019 2411

Senat raisi o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Hindiston Savdo-sanoat palatasi federatsiyasining “FICCI Ladies Organization” Ayollar tashkiloti prezidenti Xarjinder Kaur Talvar boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Senat axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ayollar tadbirkorligi rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston va Hindistonda axborot texnologiyalari, tekstil, dizayn, farmatsevtika, turizm, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘llari muhokama etildi.

Delegatsiya a'zolari O‘zbekistonga ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida investitsiyalar kiritishga tayyorligini bildirdi, deyiladi ma'lumotda.

Ko‘proq yangiliklar: