Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi 

O‘zbekiston 13:44 / 21.10.2019 5131

Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi elchisi tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

2019 yilning 21 oktabr kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Eronning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Hamid Nayerobodiyni qabul qildi.

Ishonch yorliqlarini nusxasini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan konstruktiv va dinamik munosabatlar qaror topgani ta'kidlandi.

Savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya va turizm tarmoqlaridagi hamkorlikni faollashtirish, Toshkent va Tehron o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni ochish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida vazir elchiga uning yuqori va mas'uliyatli lavozimdagi faoliyatiga omad tiladi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: