Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi va Monash universiteti huzuridagi moliyaviy tadqiqotlar markazi ekspertlari 11-bor Melbourne Mercer Global Pension Index (MMGPI) jahon pensiya tizimlari reytingini e'lon qildi.
Tadqiqot mualliflari jahonning 63 foizga yaqin aholisi yashovchi 37 davlatning pensiya tizimlarini o‘rganib chiqdi.
Ro‘yxat to‘rt guruhga — A dan (eng yaxshi) D gacha (jiddiy kamchiliklarga ega) bo‘lgan to‘rt guruhga bo‘lindi.
Birinchi guruhga mos ravishda 81 va 80,3 ball bilan Niderlandiya va Daniya kiritildi.
75,3 ballga baholangan Avstraliya B guruhida yetakchi bo‘ldi. Mazkur guruhga Finlyandiya (73,6 ball), Shvetsiya (72,3), Norvegiya (71,2), Singapur (70,8), Yangi Zelandiya (70,1), Kanada (69,2), Chili (68,7), Irlandiya (67,3), Shveytsariya (66,7) va Germaniya (66,1) kirdi.
60–65 ball olgan Buyuk Britaniya, AQSh, Malayziya, Fransiya hamda Honkong S guruhining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ulardan keyingi o‘rinlarda Peru, Kolumbiya, Polsha, Saudiya Arabistoni, Braziliya, Ispaniya, Avstriya, JAR, Italiya va Indoneziya joylashdi.
Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Meksika, Filippin, Turkiya, Argentina va Tailand D guruhidan o‘rin oldi.
Ekspertlar reytingni tuzishda 40dan ortiq ko‘rsatkichlarni hisobga olgan.