Bangladeshlik deputat imtihonlardan o‘tish uchun o‘zining 8 qiyofadoshidan foydalandi

Jahon 20:51 / 21.10.2019 9998

Bangladeshlik siyosatchi va parlamentning “Avami lig” hukmron partiyasidan deputati Tamanno Nusrat imtihonlarni topshirishda 8 nafar qiyofadoshini yollagani uchun universitetdan haydaldi. 

The Guardian nashrining ma'lum qiliishicha, deputat o‘ziga o‘xshash 8 ayolni topib, kamida 13 ta imtihonda ular “xizmatidan foydalangan”.

Yolg‘on Nagorik TV telekanali muxbiri imtihonga kelib, Nusrat yollagan ayollardan birini voqea bo‘yicha qo‘qqisdan savolga tutgach fosh bo‘lgan.

Deputat Bangladesh universitetida bakalavr unvonini olayotgan bo‘lgan. Universitet rahbari Nusrat jinoyat sodir etgani uchun oliy ta'lim muassasasidan haydalganini ma'lum qilgan. Rektorning qo‘shimcha qilishicha, yollangan “talabalar” imtihonni qo‘riqchilar nazoratida topshirishgan. Ta'kidlanishicha, bundan universitet xodimlari xabardor bo‘lgan, ammo Nusrat nufuzli oiladan bo‘lgani uchun indamaslikni ma'qul ko‘rishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: