«Strategik bosinqirash»: Respublikachilar partiyasi rahbariyati Trampning Suriyadagi siyosatidan g‘azabda

Jahon 10:10 / 20.10.2019 25866
Mitch Makkonell - Respublikachilar partiyasidagi eng nufuzli shaxslardan biri
Uning Tramp ma'muriyatiga tanqidi katta siyosiy ahamiyatga ega hisoblanadi / EPA

U yaqindagina Turkiya va Suriyadagi vaziyatni AQSh uchun «strategik ajoyiblik» deb atagan Trampning so‘zlariga shu tariqa ohangdoshlik bilan munosabat bildirgan.

«Chegaradagi muammo ularniki. Bu bizning chegara emas va biz buning uchun amerikaliklar hayoti bilan to‘lov qilmasligimiz kerak», degandi Tramp chorshanba kuni Oq uydagi matbuot anjumanida.

9 oktabr kuni amerikalik harbiylar Suriya shimolidagi hududdan ketishi munosabati bilan Turkiya armiyasi «xavfsiz hudud» barpo etish maqsadida Suriya hududiga kirgandi. Anqaraning maqsadi - Turkiyaga dushman deb hisoblanuvchi suriyalik kurdlarni o‘z chegaralaridan uzoqroqqa surib tashlash va bu hududga Turkiyada yashab kelayotgan millionlab suriyalik qochqinlarni joylashtirish.

O‘tgan haftada AQSh vositachiligida Turkiya 5 kunga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘ldi, ammo tomonlar bir-birini kelishuvga amal qilmaslikda ayblashdi. Mustaqil manbalarning xabarlariga ko‘ra, kelishuv haqidagi xabarlardan keyin ham hududda harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Xalqaro gumanitar tashkilotlarning prognozlariga ko‘ra, Turkiya «Tinchlik bulog‘i» nomli amaliyotini boshlaganidan buyon yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 300 mingga yaqin kishi o‘z boshpanalarini tashlab, Suriyaning markaziy hududlariga ko‘chishga majbur bo‘ldi.

Kurdlar etnik tozalash qurboniga aylanishi mumkinligi haqidagi xavotirlar ham bor. Bundan tashqari, ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Turkiya Suriyada kimyoviy qurol ishlatgan, bu esa harbiy jinoyat hisoblanadi.

Makkonell nimalar dedi?

Turkiya va kurdlar kelishuvi haqidagi xabarlardan keyin kurdlar hududida bir necha portlashlar ro‘y berdi / AFP

Mitch Makkonellning fikricha, Trampning AQSh harbiylarini Suriya shimolidan olib chiqish qarori strategik xato bo‘lgan.

«Turkiya-kurd qarama-qarshiligi kuchaygan vaqtda amerikalik harbiylar Suriya hududidan olib chiqilishi — strategik nuqtayi nazardan tungi dahshatning o‘zginasi», — deya yozgan senator Washington Post nashridagi kolonkasida.

Uning fikricha, so‘nggi ikki haftada bo‘lib o‘tgan ishlar Vashingtonning IShID bilan kurashdagi muvaffaqiyatlarini yo‘qqa chiqaradi.

«Amerikalik harbiylar Suriyadan chiqib ketishi, Barak Obama bir vaqtlar Iroqda qilgan xatoning takrorlanishi bo‘ldi. O‘shanda bunday qaror sabab IShIDning paydo bo‘lishiga sharoit yaratilgandi», — deya ta'kidlagan senator.

Bundan tashqari, Makkonellning hisoblashicha, Oq uyning harbiylarni qaytariy haqidagi qarori Rossiya va Eronga mintaqada o‘z ta'sirini kengaytirish imkonini bermoqda.

«Besh kunlik tinchlik sulhi e'lon qilingan bo‘lsa ham AQSh qo‘shinlari IShID va boshqa terrorchilar guruhlaridan ancha uzoqlashib ketgan. Bu chekinish Suriyada Bashar Asadning shafqatsiz hukmronligi va Eron tarafdorlarining hududda boshqaruv o‘rnatishiga olib keladi. Rossiyaning Suriyada o‘z ta'sir doirasini kengaytirib borayotganini ham qoralaymiz.

AQSh Turkiya bosqinini to‘xtatishi va o‘t ochishni to‘xtatib turish muddatini yana uzaytirishi hamda o‘z qo‘shinini takroran Suriyaga kiritishga urinishi lozim. Shuningdek, Qo‘shma shtatlar hukumati Turkiyaning Rossiyadan uzoqlashishi va NATO hamjamiyatiga qaytishiga sharoit yaratishi zarur», — deya ta'kidlagan senator.

Sulhmi yoki uning sharpasi?

Hafta boshida Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens o‘rtasidagi muzokaralar yakunida ziddiyatli hududda 5 kun muddatga (120 soat) harbiy sulh bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.

Unga ko‘ra, Turkiya harbiy harakatlarni to‘xtatishi, AQSh kurd harbiy bo‘linmalarini «xavfsiz hudud»dan olib ketishi ko‘zda tutilgandi.

O‘z navbatida kurdlar Ras-al-Ayn va Tell-al-Abyad shaharlari o‘rtasidagi hududda o‘t ochish vaqtincha to‘xtatilganini e'lon qildi.

Ammo juma kuni asosan kurdlardan tarkib topgan «Suriya demokratik kuchlari» harbiy alyansi vakili Mustafo Bali tvitterdagi sahifasida Turkiya kelishuvga rioya etmayotgani va ham havodan, ham artilleriya orqali kurd pozitsiyalarini hamda tinch aholi manzillari, shuningdek, shifoxonalarni o‘qqa tutishda davom etayotganini yozdi.

Ko‘plab davlatlarda suriyalik kurdlarni qo‘llab-quvvatlab aksiyalar o‘tkazilmoqda / AFP

Erdo‘g‘an bunday xabarlarni yolg‘on xabarlar deb atadi va turk harbiylari faqatgina 120 soatlik kelishuv muddati tugaganidan keyin ham unda ko‘zda tutilgan shart bajarilmagan taqdirda harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini ta'kidladi.

Mitch Makkonellning fikricha, agar kelishuvga barcha tomonlar amal qilsa va harbiy harakatlar qayta tiklanishi uchun asos qolmasa ham, AQShning bu masaladagi vositachiligi ko‘p narsani tuzata olmaydi — Vashingtonning Yaqin Sharqdagi pozitsiyasiga o‘nglab bo‘lmas zarar yetadi.

Boshqa respublikachi-senatorlar ham Makkonelli bilan hamfikr. Hatto Trampni hech qachon tanqid qilmagan Lindsi Grehem ham amerikalik harbiylarning Suriyadan olib chiqilishini qoraladi.

Ko‘proq yangiliklar: