Kashmirdagi otishmada hind harbiylari va pokistonliklar halok bo‘ldi 

Jahon 15:00 / 20.10.2019 7155

Kashmirning Tangdxar tumanidagi otishma vaqtida Hindiston tomondan 2 askar va bir fuqaro, Pokistondan esa 6 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, yana 3 nafar hind va 8 nafar pokistonlik fuqaro yaralangan. Hindiston armiyasi vakilining aytishicha, Pokiston hududda amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan va Hindiston javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lgan. 

Hindiston tomonining xabar berishicha, otishmalar jadal davom etmoqda. 

5 avgustda Nyu-Dehli Jammu va Kashmir shtatining tugatilib, o‘rniga ikkita ittifoqdosh hududlar – Jammu va Kashmir hamda Ladakx tashkil etilishini e'lon qilgandi. Pokiston bu qarorni qoralagan. Kashmirning Hindistonga qarashli qismida mamlakatdan ajralishni qo‘llab-quvvatlovchi guruhlar harakat qiladi. Nyu-Dehli Islomobodni terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi, Pokiston esa bu ayblovlarni rad etib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: