Bangladesh rohinja musulmonlarini toshqinlar yuz beradigan orolga ko‘chirmoqda

Jahon 23:21 / 20.10.2019 11709

Orol Bengal ko‘rfazida joylashgan bo‘lib, hukumatda ta'kidlanishicha, bir necha ming rohinja u yerga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan. Hammasi bo‘lib orolga 100 ming musulmon ko‘chiriladi. Hozir ular Koks-Bazar shahrida joylashtirilgan.

“Biz ko‘chirishni keyingi oydan boshlamoqchimiz. Qochqinlar bosqichma-bosqich ko‘chiriladi. Mutasaddi idoralarimiz u yerga ko‘chishni istayotganlar ro‘yxatini tuzmoqda”, deb aytgan amaldorlardan biri.

Huquq himoyachilari Bangladeshning bu qaroridan tashvish bildirgan. Orol bir necha marotaba toshqinlar ostida qolgan. Bundan tashqari, u uzoqda joylashgan.

2017 yilda Myanmada rohinjalar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida ixtilof boshlangandan keyin 700 ming rohinja Bangladeshga qochgandi. Harbiylar bir yil ichida 20 ming musulmonni o‘ldirgan.

Ko‘proq yangiliklar: