Xorijliklar o‘z uylariga migrantlarni ro‘yxatga qo‘ya oladi

Jahon 14:29 / 19.10.2019 20654

Rossiya hukumati tasdiqlagan qonun loyihasiga ko‘ra, mamlakatda istiqomat qiluvchi xorijliklar o‘zlariga tegishli uylariga boshqa xorijlik fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi. Bu haqda hukumat saytida xabar qilinmoqda.

Shu vaqtga qadar, xorijlik fuqaro o‘z uyiga faqat o‘zini ro‘yxatga qo‘ya olar edi. Agar, u yuqori malakali mutaxassis bo‘lsa, uyiga oila a'zolarini ham qo‘yishi mumkin edi. 

«Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarni Rossiya Federatsiyasida migratsiya hisobiga olish to‘g‘risida»gi federal qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida ushbu mazkur yengillik nazarda tutilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: