Ukrainada o‘lim tug‘ilishdan qariyb ikki barobarga ortib ketdi

Jahon 12:04 / 19.10.2019 11175

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 sentabr holatiga ko‘ra mamlakatda 41,976 ming kishi istiqomat qilmoqda. Yil boshida Ukraina aholisi 42,153 million kishidan iborat edi. Shunday qilib, ukrainaliklar soni 177 mingga kamaygan.

«O‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan kattaroq qolishda davom etmoqda: 100 nafar o‘lganga 53 chaqaloq to‘g‘ri keladi», — degan idora matbuot xizmati. Qayd etilishicha, aholi sonini baholashda Qrim, Sevastopol va Donbassning alohida hududlari hisobga olinmagan.

Sentyabrda Ukraina IIV rahbari Pavel Klimkin Ukrainadan har yili million nafar fuqaro chiqib ketayotganini ta'kidlab, vaziyatni halokatli deb atagan. «Aholi sonining qisqarishi nafaqat milliy xavfsizlikka, balki millatimizning mavjudligiga tahdid soluvchi omil bo‘lib qolmoqda», — degan edi mart oyida milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov.

Ko‘proq yangiliklar: