Tarixdagi eng yirik bitim yana qoldiriladigan bo‘ldi

Jahon 12:37 / 19.10.2019 47929

Gazetaning ma'lumotlariga ko‘ra, bu ortga surish sentabr oyida kompaniya infratuzilma obektlariga dronlar vositasida hujum bilan bog‘liqdir. Qayd etilishicha, «Saudi Aramco» ushbu hujum uning choraklik daromadlarida qanday iz qoldirgani aniqlanmaguncha kutib turmoqchi.

Avvalroq IPO haqida 20 oktabr kuni e'lon qilinishi, 27 oktabr kuni joylashtirish prospekti taqdim etilishi, 3 noyabr kuni roud-shou boshlanishi ma'lum qilingan edi. Endi esa uzoq kutilgan IPO faqat dekabrda yoki kelgusi yilning yanvarida bo‘lib o‘tishi mumkin.

«Saudi Aramco»ning faqat ikki foiz aksiyasi sotuvga chiqariladi. Kompaniyaning shu kundagi yagona aksiyadori hisoblanuvchi Saudiya Arabistoni hukumati bitimdan 40 milliard dollar tushumga ega bo‘lmoqchi. Bu esa bitimni tarixdagi eng yirik IPOga aylantiradi, butun «Saudi Aramco» bahosini ikki trillion dollar qiymatida belgilab beradi.

«Saudi Aramco» IPOsi o‘tkazilishi haqida dastlabki niyatlar 2017 yilda ochiqlangan edi. O‘shanda 5 foizlik aksiyalar paketi haqida gap borgan edi. Bu holda davlatga tegishli mavjud qimmatbaho qog‘ozlarni sotish yoki yangisini chiqarish variantlari ko‘rib chiqilayotgandi. Hozir esa agentlik qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilmoqchi.

Ko‘proq yangiliklar: