NATO yadro urushiga tayyorgarlik ko‘rmoqda? Harbiy-o‘quv mashqlarida yadro qurolidan foydalanilayotgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 10:52 / 19.10.2019 16200

Germaniyada harbiy-o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda. Unda yadro quroli va bombardimonchi samolyotlar ham qatnashayotgani xabar qilinmoqda. 

NATO Germaniyada Steadfast Noon maxfiy harbiy-o‘quv mashqlarini o‘tkazayotgani oshkor bo‘ldi. Unda qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar va yadro qurollarini samolyotlarga ortish ko‘nikmalari ham mashq qilinmoqda, deb xabar qilmoqda DW.

Germaniya Qurolli kuchlari va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari ishtirok etayotgan maxfiy mashg‘ulotlar ssenariysida yadro urushi holati taxmin qilingan. Steadfast Noon (Tebranmas tush) deb nomlangan amaliy mashqlar doirasida yadro qurolini elta oladigan qiruvchi-bombardimonchi jangovar samolyotlar ham qatnashmoqda.  

Foto: Wikipedia (gemeinfrei), krone.at-Grafik

Bundan tashqari, harbiylar yadro qurolini yerosti omborxonalaridan samolyotlarga xavfsiz tashish va o‘rnatish ko‘nikmalarini ham o‘zlashtirishmoqda. Ta'kidlanishicha, o‘quv parvozlari bombalarsiz o‘tkazilmoqda. Tarmoqda tarqagan suratlarda Italiya aviatsiyasi ham bevosita amaliyotlarda ishtirok etayotganini ko‘rish mumkin.  

Germaniya Bundesveri mashg‘ulotlarga Panavia Tornado jangovar samolyotlarini yuborgan. Bu samolyotlar Ayfeldagi Byuxel aviabazasida joylashgan bo‘lib, ushbu aviabazada Amerikaning B61 bombalari ham saqlanishi aytilmoqda. Biroq, hozircha, bu xabar rasman tasdiqlanmagan. Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, Amerika yadro quroli, shuningdek, Italiya, Belgiya, Turkiya va Niderlandiyada saqlanayotgan bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: