Messi: «Faoliyatim yakuniga qadar «Barsa»da qolaman»

Sport 11:57 / 19.10.2019 7510

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomani uzaytirishi haqida fikr bildirdi.

«Biz shartnomani biroz oldin muhokama qildik.

Shartnoma meni bog‘lab turishini xohlamayman. O‘zimni jismoniy jihatdan yaxshi his qilsam, o‘ynashda davom etaveraman. Lekin shunisi aniqki, faoliyatim so‘ngiga qadar «Barselona»da qolaman», – deydi Messi Metro FM radiosida.

Oldinroq «Barselona» Messiga 10 yillik shartnoma taklif etgani, faoliyatini yakunlagandan so‘ng klubdagi biror lavozimni egallashi haqida aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: