Jonson Buyuk Britaniya 31 oktyabrda Yevroittifoqni tark etishini bildirdi

Jahon 20:24 / 19.10.2019 6776

Yevroittifoqqa Brexit kechiktirilishi bo‘yicha so‘rov yuborilishini yoqlab 322 deputat ovoz berdi, qarshilar soni 306tani tashkil etdi.

"Men YeI bilan kechiktirish masalasini muhokama qilmayman va hech qanday qonun meni bunday qilishga majbur qila olmaydi", - dedi Jonson jamoatchilik palatasida chiqish qilib.  

"Brexit 31 oktyabrda amalga oshishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", - deb ta'kidladi Buyuk Britaniya bosh vaziri.

"Bosh vazir o‘zini qonundan ham yuqori deb o‘ylamoqda. Bosh vazir, sizni sud kutmoqda", dedi Shotlandiya milliy partiyasi yetakchisi Ian Blekford mazkur bayonotga izoh berarkan.

Ko‘proq yangiliklar: