Dubay amirining o‘g‘li O‘zbekistondagi lochin ovi fotosuratlarini e'lon qildi

O‘zbekiston 23:16 / 19.10.2019 112880

13 oktabr kuni Dubay amirligining taxt vorisi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurib, Navoiy shahridan qariyb 50 kilometr uzoqlikdagi cho‘l hududida joylashgan «Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi» (AYTAM) yaqinida lochinlar bilan ov qilgan edi.

Shayx Hamdan bu haqdagi videolavhani «Tvitter» sahifasida ham e'lon qildi.

Bundan tashqari, shahzoda ov taassurotlari bilan instagram sahifasida ham o‘rtoqlashib, bir necha fotosuratlarni joylashtirdi

Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto: Instagram

Eslatib o‘tamiz, Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum - Dubay amiri Muhammad bin Roshid Ol Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashyutda sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she'rlar ham yozadi. 

Ko‘proq yangiliklar: