Afg‘oniston saylov komissiyasi prezident saylovining dastlabki natijasini e'lon qila olmadi

Jahon 21:13 / 19.10.2019 5773

Avvalroq MSK sentyabrda bo‘lib o‘tgan saylovning dastlabki natijasi 19 oktyabrda, yakuniy natijasi 7 noyabrda e'lon qilinishini bildirgandi.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Nuristoniy komissiya texnik sabablar bois natijani belgilangan muddatda aniqlay olmaganini ma'lum qildi.

Afg‘onistonda 28 sentyabrda bo‘lib o‘tgan prezident saylovida 15 nafar nomzod, jumladan, amaldagi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda bosh vazir Abdulla Abdulla ishtirok etgandi.

Bu 2001 yildan buyon Afg‘onistonda o‘tkazilgan to‘rtinchi prezident saylovi bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: