Yaponiya imperatorining taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan parad boshqa sanaga ko‘chirildi

Jahon 07:55 / 18.10.2019 5159

Yaponiyaning yangi imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan 22 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan parad Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” to‘foni oqibatlari sabablari 10 noyabrga ko‘chirildi. Bunday qaror Yaponiya hukumati yig‘ilishida qabul qilindi.  

Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, imperatorning taxtga o‘tirishini mamlakat va dunyoga e'lon qilish marosimi va bu munosabat bilan Yaponiya jamiyatining turli qatlamlari vakillari va xorijiy mehmonlar uchun o‘tkaziladigan banket avval rejalashtirilgandek 22 oktyabrda bo‘lib o‘tadi.

Yaponiyada ayni vaqtda to‘fon oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar va qidiruv-qutqaruv amaliyoti faol ravishda olib borilmoqda. To‘fon 77 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Shu sababli bunday sharoitlarda parad o‘tkazilishi noo‘rin deb topilgan.

Imperator Naruxito 1 may kuni taxtni egallagandi. Biroq bu munosabat bilan asosiy marosimlarni 22 oktyabrda va noyabrda o‘tkazish rejalashtirilgandi.

Tokioda o‘tadigan paradda Naruxito va uning rafiqasi Mitiko faxriy qorovul hamrohligida ochiq limuzinda 4,6 kmlik trassani o‘tadilar. Ularni Yaponiyaning minglab aholisi va xorijiy mehmonlar qutlaydi.

Avvalroq Yaponiya imperatorining taxtga o‘tirishi tantanali marosimida O‘zbekistondan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: