Xakerlar Litvaning o‘z hududida AQSh yadro qurollarini joylashtirishi to‘g‘risida «xabar» tarqatishdi

Jahon 19:04 / 18.10.2019 6549

"18 oktabr kuni TIV kommunikatsiya va madaniy diplomatiya departamenti Litvada AQSh harbiy bazasini tashkil qilish rejasi to‘g‘risida xabar tarqatmaganligini ma'lum qilamiz. Ehtimolga ko‘ra, bu axborot-kibernetik hujumdir. Ushbu holat vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda", - deyiladi respublika TIV xabarida.

TIV matbuot kotibi Rasa Yakilaytenening so‘zlariga ko‘ra, soxta xabar qator OAVga, NATO muassasalari va diplomatik vakolatxonalarga jo‘natilgan.

Avvalroq New York Times gazetasi AQSh ma'muriyati Turkiyadagi Injirlik bazasidan yadroviy qurollarni olib chiqib ketishni muhokama qilgani haqida xabar qilgandi. Ushbu bazada 50 birlikka yaqin taktik yadroviy qurol saqlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: