AQSh senatorlari Turkiya va Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorladi

Jahon 16:40 / 18.10.2019 9682

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mita senatorlari Jim Rish va Robert Menendes Suriya shimoliga bostirib kirgani uchun Turkiyaga nisbatan sanksiyalar ko‘zda tutilgan qonun loyihasi tayyorlanganini ma'lum qildi.

Senatorlar shuningdek, Suriyadagi “zararli harakatlari” uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini talab qilmoqda.  

Qonun loyihasi Turkiyaga qurol sotilishini cheklash va turk amaldorlari hamda Suriyadagi turk harbiylariga qurol yetkazib berayotganlarga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini ko‘zda tutadi.

Bundan tashqari, senatorlar Turkiyaning NATOga a'zoligi masalasini ko‘tarishmoqda.

Payshanba kuni AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens AQSh va Turkiya Suriya shimolida o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: