Afg‘onistonda masjiddagi portlashlar qurbonlari soni 62 nafargacha oshdi 

Jahon 20:37 / 18.10.2019 7705

Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.   

Shuningdek, 60 kishi yaralangan. Avvalroq portlashda 17 kishi, keyinroq esa 31 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. 

“Pajvak” agentligi Xaska Mino tumanidagi masjid binosiga juma namozi vaqtida raketalar kelib urilganligi haqida xabar qilgandi.

“Kamida ikkita portlash yuz bergan, oqibatda masjid tomi o‘pirilgan, ko‘plab odamlar halok bo‘lgan va yaralangan”, deb ma'lum qilgan viloyat kengashi raisi Ahmad Ali jurnalistlarga.

Ayni vaqtda mamlakatda harakat qiluvchi ekstremistik guruhlardan birortasi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: