O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari hajmini e'lon qildi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Oltin-valuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.
1 oktabr holatiga ko‘ra oltin-valuta zaxiralari 27 421,8 million AQSh dollarini tashkil qildi.