Katta yettilikning sammiti tanqidlarga qaramay Trampning mehmonxonasida o‘tadigan bo‘ldi

Jahon 23:41 / 17.10.2019 12095

 Bu haqda jurnalistlarga Oq uy ma'muriyati rahbari Mik Malveyni ma'lum qildi. 

“46-sammit 10-12 iyunda bo‘lib o‘tadi”, deb ma'lum qilgan Malveyni. 

Uning aytishicha, sammit Mayamidagi AQSh prezidenti Donald Trampga qarashli Trump National Doral Resort mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Oq uy vakilining ta'kidlashicha, Tramp sammitning o‘ziga tegishli mehmonxonada o‘tishidan foyda ko‘rmaydi. “Men tanqidni tushunaman, lekin gap daromad haqida ketmayapti”, deb qo‘shimcha qilgan Malveyni.

Uning ta'kidlashicha, sammitni o‘tkazish joyi 12 ta nomzod joy orasidan tanlab olingan. “Bu sammit o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan yagona joymas, biroq eng yaxshisidir”, deb aytgan Malveyni va sammit boshqa joylarda o‘tkazilgandan ko‘ra millionlab dollar arzonroqqa tushishini qo‘shimcha qilgan. 

“Uchrashuvda e'tibor jahon iqtisodiyoti o‘sishi va uning oldida turgan chaqiriqlarga qaratiladi”, deb qo‘shimcha qilgan Oq uy ma'muriyati rahbari.

Tramp amaldorlarni o‘ziga tegishli mehmonxonalarda to‘xtashga rag‘batlantirgani uchun tanqid qilingan. OAV bunda manfaatlar ixtilofi borligini ta'kidlagan.  

Ko‘proq yangiliklar: