Shveytsariya Turkiya operatsiyasi sababli Suriyaga nisbatan sanksiyalarga o‘zgartirishlar kiritadi

Jahon 21:22 / 16.10.2019 6329

Turkiya harbiy operatsiyasi boshlanishi munosabati bilan Shveytsariya Suriyaga gumanitar yordam yetkazilishini osonlashtirish maqsadida ushbu mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarga o‘zgartirishlar kiritadi.

Shveytsariya federal kengashi qaroriga ko‘ra, Bern Suriyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqadi. Xususan, Suriya fuqarolariga gumanitar yordam yetkazishni moliyalashtirishga hamda shveysariyalik diplomatlarning sanksiyalar ostidagi shaxslar bilan bilan muloqotlariga yengilliklar beriladi.

Shveytsariya hukumatining bildirishicha, Turkiyaning Suriya shimoli-sharqida harbiy operatsiya boshlashi natijasida mamlakatni 210 mingdan ortiq kishi tark etgan.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 9 oktabr kuni Suriya shimolida Kurdiston ishchilar partiyasi va IShID terrorchilik guruhiga qarshi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanganini ma'lum qildi.

Turkiya aviatsiyasi o‘sha kuni Suriyaning Ras al-Ayn va boshqa shaharlariga zarba berdi. Keyinroq yerusti operatsiyasi boshlangani e'lon qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: