Reuters: AQSh Eronga qarshi kiberoperatsiya o‘tkazdi

Jahon 15:20 / 16.10.2019 9826

AQSh Saudiya Arabistoni neft obektlariga qilingan hujumga javoban sentabr oxirida Eronga qarshi maxfiy kiberoperatsiya o‘tkazdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, kiberhujumlar Eron targ‘ibotiga qarshi qaratilgan.

Pentagon mazkur xabarni izohlashdan bosh tortdi. 

"Siyosat va operativ xavfsizlik doirasida kibermakondagi operatsiyalar, razvedka va rejalashtirishlarni muhokama qilmaymiz", - dedi AQSh mudofaa vazirligi vakili Elissa Smit.

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabrda Saudi Aramco kompaniyasining ikkita zavodiga hujum uyushtirilgandi. Hujum uchun javobgarlikni Yamandagi xusiy isyonchilari o‘z zimmalariga oldi.

AQSh va Saudiya Arabistoni hujumlarda Eronni aybladi. Ularning fikricha, hujumlar xusiylarda yo‘q bo‘lgan dronlar va raketalar yordamida amalga oshirilgan. Tehron bu ayblovlarni asossiz deb atadi.

Ko‘proq yangiliklar: