Dominikana turistlar o‘limi bilan bog‘liq mojaro sababli 200 mln dollar yo‘qotdi

Jahon 15:30 / 16.10.2019 4563

Dominikana Respublikasi turizm sanoati amerikalik turistlarning o‘limi haqidagi xabarlar ortidan 200 mln dollar yo‘qotdi. Bu haqda Dominican Today portali xabar qildi.

"Turistlarning o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng Dominikanaga Shimoliy Amerika va Yevropadan turistlar oqimi kamaydi. Iyundan sentyabrga qadar AQShdan 170 ming nafar kam turist kelgan", - deb yozadi portal. Qayd etilishicha, har bir turist ta'til davomida bu yerda o‘rtacha 1,2 ming dollar sarflaydi.

Dominikanada shu yil aprelidan iyunigacha bo‘lgan muddat ichida sog‘ligi bilan bog‘liq kutilmagan muammolar sababli 10dan ortiq amerikalik turistlar vafot etdi. Ularning o‘limiga qo‘lbola alkogol sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Dominikana hukumati turistlar tabiiy sabablar bilan vafot etganini ta'kidlamoqda. Turistlarning sirli o‘limlarini tekshirish uchun FQB ham jalb etildi.

Ko‘proq yangiliklar: