Ayollar uchun eng xavfsiz davlatlar reytingi e'lon qilindi. O‘zbekiston ro‘yxatning o‘rtasida

Foto: KUN.UZ
National Geographic nashri ayollar yashashi uchun eng xavfsiz va qulay davlatlar reytingi Women, Peace and Security Index (WPS Index)’ni e'lon qildi.
Reytingni tuzishda uchta asosiy ko‘rsatkich inobatga olingan: ayollarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotga jalb qilingani, ularning xavfsizligi va tahqirlanish yo‘qligi kabi tushuniluvchi adolat.
Reytingga hammasi bo‘lib 167 ta davlat kiritilgan. Unda eng yuqori o‘rinni Norvegiya egallagan. Keyingi o‘rinlarni Shveytsariya, Finlyandiya, Daniya, Islandiya egallagan. Ro‘yxatning eng quyisidan Pokiston, Suriya, Afg‘oniston va Yaman joy olgan.
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog‘iston 43-o‘rinni, Turkmaniston 60-o‘rinni, Qirg‘iziston 80-o‘rinni, O‘zbekiston 89-o‘rinni, Tojikiston 96-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi

14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi

09:44 / 10.01.2025